Oq gullar yonida Ali va Malikaning telefondagi onlayn taklifnomasi va unga mos nafis qog‘oz taklifnoma

Onlayn taklifnomalar

Eng muhimlahzalar uchun

To‘y, nikoh, marosim va boshqa tadbirlar uchun
zamonaviy va nafis onlayn taklifnomalar yarating.
Mehmonlaringizni oson va chiroyli tarzda taklif qiling.

Taklifnoma yaratish
  • Zamonaviy
    dizaynlar
  • Har qanday
    qurilmada
  • Xavfsiz va
    ishonchli
  • Tez va oson
    jarayon

Tadbirlar

Unutilmas lahzalar

Har bir tadbir — o‘ziga xos hikoya.
Biz uni go‘zal taklifnomalar bilan boshlaymiz.

  • Nikoh to‘yi

  • Tug‘ilgan kun

  • Oilaviy tantana

  • Unutilmas lahzalar

01 / Siz uchun tanladik

Har bir hikoyaning
o‘z ohangi bor.

Turli uslub va quvonchli kunlar uchun tanlangan dizaynlar. To‘liq kolleksiyada yana ko‘plab hikoyalar sizni kutmoqda.

Har bir dizaynni tanlashdan oldin to‘liq ko‘rishingiz mumkin.

Sizning kuningiz uchun

Nega aynan
biz?

Bir qarashda hayrat. Har bir bosishda qulaylik. Sizning kuningiz uchun o‘ylangan kichik, ammo muhim tafsilotlar.

Sizning uslubingiz

Har bir hikoyaning
o‘z uslubi bor.

Milliy naqshlardan nafis minimalizmgacha. Ko‘nglingizga mos dizaynni tanlang.

Sizning hikoyangiz

Har bir
tafsilotda siz.

Ismlaringiz, suratlaringiz va sevimli kuyingiz bilan taklifnomani o‘zingizga xos qiling.

Uchrashadigan manzil

Yaqinlaringiz
yo‘lini topsin.

Sana, vaqt va manzil bir joyda. Mehmonlaringiz xaritada yo‘lni bir bosishda ochadi.

Eng yaqin insonlar

Eng yaqinlaringiz
bilan, birga.

Kelish xabarlari va samimiy tilaklar bir joyda. Quvonchli kuningizga birga hozirlik ko‘ring.

Dizaynlarni ko‘rish

Har bir bayram — bir hikoya.

Hayotning go‘zal lahzalari

Shirin
hayajon.

Quvonchli kun hali boshlanmay turib, yurakda boshlanadi.

Nihoyat,
birgamiz.

Bir davra. Qadrdon chehralar. Bir olam quvonch.

Bir umrga
xotira.

Kun o‘tadi. Birga his qilganlarimiz esa qoladi.

Barchasi oddiy

Kichik savollar.
Katta kun oldidan.

Iltimos, eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni quyidagi ro‘yxatdan toping.

Siz qidirgan javobni topa olmasangiz,
biz bilan bog‘laning.
01Qayerdan boshlayman?

Avval o‘zingizga yoqqan dizaynni tanlang va uning namunasini ochib ko‘ring. Keyin ismlar, sana va manzilni kiriting. Taklifnomangiz qanday ko‘rinayotganini yaratish davomida ko‘rib borasiz. Dasturlash yoki dizayn tajribasi kerak emas.

02Faqat to‘y uchunmi?

Yo‘q, quvonchli kunlar ko‘p. Kolleksiyada nikoh to‘yi, tug‘ilgan kun, oilaviy tantana va marosimlar uchun dizaynlar bor. Tadbir turini tanlasangiz, unga mos taklifnomalar ko‘rsatiladi.

03Taklifnomaga nimalar qo‘sha olaman?

Ismlar, samimiy taklif matni, sana va manzil — asosiy tafsilotlar sizniki. Tanlangan dizaynga qarab suratlar, musiqa, tadbir dasturi va boshqa bo‘limlarni ham qo‘shishingiz mumkin. Muharrirda aynan shu dizayn uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rasiz.

04Bir nechta tilda tayyorlasa bo‘ladimi?

Ha. O‘zbek lotin, o‘zbek kirill, rus va ingliz tillaridan keraklilarini tanlashingiz mumkin. Har bir til uchun matnni alohida yozasiz — taklifingiz har bir mehmon uchun tushunarli bo‘lsin.

05Mehmonlarga qanday yuboraman?

Taklifnomani nashr qilganingizdan so‘ng uning havolasini ulashasiz. Uni Telegram, WhatsApp yoki o‘zingizga qulay boshqa messenjer orqali yuborish mumkin. Mehmon havolani telefon yoki kompyuter brauzerida ochadi; alohida ilova o‘rnatishi shart emas.

06Yuborgandan keyin ma’lumotlarni o‘zgartirsam-chi?

Nashrdan keyin belgilangan tahrirlash muddati ichida manzil, dastur, matn, surat va musiqa kabi tafsilotlarni yangilashingiz mumkin. Havola o‘sha holicha qoladi. Asosiy ismlarni tuzatish yoki sanani ko‘chirish uchun shaxsiy kabinetingizdan so‘rov yuboriladi.

Dizaynlar bilan tanishing

Eng yaqinlaringiz uchun

Yaxshi kunlar
bir taklifdan boshlanadi.

Taklifnomangizni tanlang